dovdira
bilan ulashing
1. Biror narsa, vaziyat taʼsirida toʻgʻri harakat qila olmaslik, oʻzini sal yoʻqotgan holda alpon-talpon harakat qilmoq; gangimoq.
-
Oʻrtancha kelin oiladagi yangi odatga koʻnikolmay, kechasi dovdirab, hovliga chiqadi S. Ahmad, Saylanma
-
Yodgor shamoldan gandiraklaganday dovdirab borarkan, kuzda boʻlgan majlisni esladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Dovdiraganimdan stul qolib, naq yerga oʻtirvolayozibman. Yoshlik
2. Toʻgʻri soʻzlash qobiliyatini yoʻqotmoq, telba-teskari, chalkash-chulkash gaplar gapirmoq, valdiramoq.
-
Voy dovdir, nima deb dovdirayapsan oʻzing? P. Tursun. Oʻqituvchi
-
Matpano, tushida Xizirga yoʻliqqan kimsadek dovdirab, tili kalimaga kelmay qoldi. S. Siyoyev, Avaz
3. Oʻzini yoʻqotmoq, shoshib qolmoq, sarosimaga tushib, gangib, qoʻrqib qolmoq.
-
Imom eshikni ocharkan, erkakcha kiyinib kelgan ayolni koʻrib dovdirab qoldi. J. Sharipov, Xorazm
-
Murod bu gaplardan dovdirab qoldi. Nima deyishini bilmas edi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Nogahoniy zarb yegan kishidek dovdirab qolishdi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
DOVDIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОВДИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dovdira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar