dovul
bilan ulashing
Vayronlik keltiruvchi kuchli boʻron.
-
Dovul turdi. Dovulda qolmoq.
-
Sal oʻtmay osmon oqarib, atrof yorisha boshladi-yu, tungi qora dovulning qabih ishi butun dahshati bilan namoyon boʻldi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Yolgʻizlik qursin, yolgʻizga qorongʻi tunda shabada ham dovul boʻlib tuyular ekan. I. Rahim, Ixlos
1. eskirgan Ovchilar, toʻpchi qorovullar yoki harbiylar uchun moʻljallangan, teridan yoki poʻlatdan yasalgan maxsus nogʻora.
-
Dovul har vaqt mirshabning oʻzi yoki uning oʻrin-bosari shaharni aylanib yurganda chalinardi. S. Ayniy, Doxunda
-
Urdi Hasan dovulni, Qat-tiq tortib ayilni. Ravshan
-
Ahyon-ahyonda uzoqlardan dovul tovushi eshitiladi: tun posbonlari uyqudagi shaharni qoʻriqlab yuradilar. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
2. (yoki Dovul qoqmoq chalmoq)
3. 1) qattiq, dahshatli ovoz chiqarmoq, gumburlamoq.
-
Ixtiyorim hech bir kasga bermadim, Dovul qoqib, shunqorimni chuymadim. Erali va Sherali
-
Momaqaldiroq vahimali dovulini qoqib, goh u tomonda, goh bu tomonda chaqmoq chaqardi. N. Safarov, Saodatning qissasi;
4. 2) bong urmoq.
-
Siz deb qoqdim, yana balkim qoqarman, Isyon dovulini qattiq qoqarman. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
DOVUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОВУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dovul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar