dovon
bilan ulashing
1. Togʻ yoki tepalikning baland, ammo oshib oʻtsa boʻladigan qulay joyi; oshuv.
-
Qashqar dovoni. Arpasiz ot dovon osholmas. Maqol
-
Donoga ergashgan dovondan oshar. Maqol
-
Bu vaqt ular Qoraqargʻa degan dovondan oshib, koʻz ilgʻamas, keng, tekis yaylovga chiqdilar. A. Muxtor, Asarlar
-
Dovonning beliga chiqquncha Muxammad Sharif ham, eshak ham holdan toydi. Q. Mirzo, Olam goʻzal
2. koʻchma Keyingi ish va yutuqlarga yoʻl ochib beradigan ulkan ish; erishilgan yoki erishilajak qiyin marra.
-
Oila qurish naqadar yuksak dovon ekanini Mahkam endi birinchi marta., his qilmoqda edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Mavsumning dastlabki dovoni ortda qoldi. Gazetadan
3. koʻchma Xayoliy, ruhiy marra, maqsad, intilish.
-
Ey koʻnglim, olamdan suyunchi soʻra, Dovonlar, togʻlardan yelday uchib oʻt. Mirtemir, Asarlar
-
Toʻlqinday asov boʻl, sergak qalamim. Davr-u dovonlardan barkamol oʻzgil. G. Joʻrayeva, Iqbol
4.
DOVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
DOVON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan DOVON so‘ziga berilgan ma’nolar
dovon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
dovon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar