doxil
bilan ulashing
1. esk Doxil boʻlmoq.
2. 1) kirmoq, bir narsaning ichiga kirmoq; qadam qoʻymoq; yetmoq.
-
Tong mahali Tarlon ikkovimiz bozor joʻnadik. Qizilsuvga doxil boʻldik. Yoshlik
-
Yosh hokimning ogʻzi qulogʻida: aholisi mamnunlik bilan uni kutib olgan shaharga doxil boʻladi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Sarchashma boʻyiga doxil boʻldingmi, Bu chashmada parizodni koʻrdingmi? Murodxon
3. 2) daxldor, aloqador, tegishli boʻlmoq.
-
Har kim oʻz holiga yarasha biror narsa xudoyi qilib, savobga doxil boʻlishini iltimos qilaman. S. Ayniy, Doxunda
-
Qanchadan-qancha kishining hojatini chiqardi, savobga doxil boʻldi. N. Qobul, Unutilgan sohillar
DOXIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОХИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
doxil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar