doya
bilan ulashing
1. Toʻlgʻoqdagi ayollarni tugʻdiruvchi xotin; enaga, akusherka.
-
Munavvar Yoʻldoshga ogʻirligini ortmaslik uchun oʻziga ish ham topdi: tugʻruqxonaga doya boʻlib kirdi. S. Anorboyev, Mehr
-
Doya kelguncha Toʻlgʻonoyning homilasi nobud boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Doya kelgandan soʻng ichkari hovli erkak zotidan tozalandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Goʻdaklarni tarbiyalovchi ayol.
-
Haram darvozasida yuruvchilar xonning yolgʻiz oʻgʻli — shahzodaga qarovchi kanizlar, doya xotinlar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. koʻchma Sabab, bois, asos; paydo, bunyod qiluvchi.
-
Moʻʼjizalar doyasi. Moʻl hosil doyasi. Koʻngilsizliklar doyasi. Baxt doyasi.
-
Sevgi yoʻq yerda loqaydlik bilan qarash ildiz otar ekan. Bu esa koʻngilsizliklarning doyasi. S. Karomatov, Hijron
-
Qoʻydi menga baxt doyasi Sobir laqabimni. S. Abdulla, Tanlangan asarlar
-
Yoqishi soʻz moʻʼjizalar doyasi boʻlsa, yomon soʻz — umr zavoli. Gazetadan
DOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
doya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar