dur
bilan ulashing
1. Injuning, gavharning yirik turi.
-
Dono — durdan aʼlo. Maqol
-
Gul tikansiz boʻlmas. Dur — sadafsiz. Maqol
-
Aslida Ahmad yoqut nima, dur, brilliant, marvarid nima, unchalik farqiga bormas edi. F. Musajonov, Himmat
-
Dudogʻ-u bilaklarida, qulogʻ-u barmoqlarida durr-u gavharlar, oltin bezaklar yiltillab, bir jahon boʻlib, uyqu ogʻushida yotibdi. Mirmuhsin, Umid
2. koʻchma Bebaho yoki eng yaxshi, aʼlo, sara narsalar haqida.
-
Yaxshilik shunday durr-u gavharki, uning bahosi hech qachon kamaymaydi. Gazetadan
-
Har soʻzi shirin-shakar dur qizlar. Mushtum
3. koʻchma poet. Qimmatli, sermazmun, chuqur maʼnoli soʻz yoki sheʼr haqida.
-
Men Navoiy Xamsa sining sargʻish sahifalariga qarab olib yigʻlardim, koʻz yoshlarim toʻkilib, Navoiy tergan durlarga qorishardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Qiz soʻzlasa, ogʻzidan Dur sochilar, yor-yor. Qoʻshiqlar
-
Hangomada ogʻzidan dur sochibdi. Yusuf va Ahmad
4. koʻchma Yorugʻlik, yogʻdu.
-
Quyosh separ nurlarin, Yerga zarrin durlarin. Z. Diyor, Asarlar
5. koʻchma Meva, samara, hosil; natija.
-
Otam hamisha:Tajriba durini saralab ter, — derdilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bagʻringga dur sochdi oltin paxtazor! G. Joʻrayeva, Iqbol
-
Gul ochilib soʻlguncha, Qurti oʻradi ipak. Xalq etagi toʻlguncha Dur toʻkar etak-etak. Zulfiya, Yuragimga yaqin kishilar
6. koʻchma Boylik, davlat; qut-baraka.
-
Ter toʻksang, dur olasan. Maqol
-
Yerga chigit tushdi — dur tushdi deyishadi. Gazetadan
-
Ter toʻkildi — dur yetishtirildi. Gazetadan
7. koʻchma Suv va unga oʻxshash tovlanuvchan narsalar (tomchi, shudring, qor uchqunlari).
-
Roʻparamda sonsiz fontanlar, Qulogʻidan dur yogʻiladi. X. Saloh, Chashma
-
Kechasi tushgan shudringga choʻmilgan koʻm-koʻk maysalar xuddi dur toʻkkandek charaqlab, quyosh bilan oʻpishib tovlanadi. O. Yoqubov, Ota izidan
DUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar