dushman
bilan ulashing
1. Dunyoqarashi, manfaatlari, xatti-harakati bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan, oʻzaro gʻanim, raqib sifatidagi tomonlarning har biri.
-
Gʻoyaviy dushman. Doʻst achitib gapiradi, dushman — kuldirib. Maqol
-
Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida. Maqol
-
Dushmanning katta-kichigi boʻlmaydi. Maqol
-
Bular [Sharq mutafakkirlari] zulm-zulmat, adolatsizlik, jaholat, xurofotning ashaddiy dushmani edilar. K. Yashin, Hamza
2. harb. Urushda oʻzaro biri ikkinchisi bilan jang qiluvchi, bir-biriga qarshi urush eʼlon qilgan tomonlardan har biri; yov.
-
Dushman bilan boʻladigan janglarda qoʻrqoqlik qilmanglar. Hadisdan
-
Polk mudofaa qilib yotgan rayon ustida dushmanning necha yuzlab samolyoti behisob bomba yogʻdirdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. koʻchma Insonga va umuman biror narsaga zarar keltiruvchi kimsa, narsa, hodisa.
-
Yovvoyi oʻt — hosilning dushmani. Jahl — dushman, aql doʻst. Maqol
-
Soʻnggi pushaymon — oʻzingga dushman. Maqol
-
Otabek ichkilikdan qattiq hazar qilar va bu kungacha mayni oʻziga dushman kabi koʻrib kelar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
tushkunlik — eng yomon dushman. F. Musajonov, Himmat
DUSHMAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУШМАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dushman so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar