duv
bilan ulashing
1. ravish 1 Birdan, baravariga, tez.
-
Duv toʻplanmoq. Duv etib uchmoq
-
Hovli oʻrtasidagi bir tup tut duv pishipti. Bolaning koʻzlaridan duv yosh toʻkildi.
-
Kumushbibi oʻz ustiga duv yigʻilgan qizlarga koʻzini qaratdi-da, choʻntagidan roʻmolchasini olib, koʻz yoshini quritdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Tamoman, butunlay.
-
Sochlari duv oqargan, ammo koʻz karashlari tiyrak doktor opa har kuni Sherzoddan nima tush koʻrganini soʻraydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Mahbubaning bugʻdoyrang kulcha yuzi duv qizardi. O. Yoqubov, Tilla uzuk
duv soʻzi qatnashgan jumlalar:
Duv gap
-
Yangi shaharda allaqaysi bir mahkamaga necha yuz kishi tayoq koʻtarib, eshig-u oynalarini sindiribdi, shu odamlardan nechtasi qamalibdi, degan xabar hamma yerda duv gap edi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Yurtda duv gap — falon boʻpti, pismadon boʻpti. Sh. Toshmatov, Erk qushi
DUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
duv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar