duvarak
bilan ulashing
1. Mevali daraxtning bir yilda ikkinchi bor bergan mevasi.
-
Duvarak olma. Olmaning duvaragi.
-
Bir yillik novdalarda yetilayotgan uzum boshlari bilan bir qatorda bachki novdalarda duvarak paydo boʻlishi mumkin. Fan va turmush
-
Baʼzi shoxlarda bultur chala terilgan mevalar —
-
duvarak olxoʻrini eslatuvchi zaytunlar qurib yotardi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
2. koʻchma Boʻyi past, pachaq (odam haqida).
-
Duvarak odamlar.
-
Yoʻldosh poʻchtachining duvarak qizicha ham boʻlolmaysan, sendan yosh, lekin oʻn hissa koʻp ishlaydi. Yoshlik
3. koʻchma Xom, gʻoʻr; tajribasiz.
-
Kelganiga bir yil, yarim yil boʻlib qolganlar bor., duvarak boʻlsa ham, pulni puflab tugadiganlar — bularni oz-moz pul bilan ragʻbatlantirish mumkin. A. Muxtor, Tugʻilish
4. Umuman, xar narsaning kichkinasi, yetilmagani.
-
Poyezd meni kichkinagina, nomi hali temir yoʻl xaritalariga kirmagan duvarak bir razyezdga tashlab oʻtib ketdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
— Avrab ham boʻshaydi bu duvaraklarni, — arz qildi Ubayda xola xit boʻlib. Sh. Toshmatov, Tongdagi koʻlanka.
DUVARAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУВАРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
duvarak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar