rang
bilan ulashing
1. Boʻyash uchun ishlatiladigan modda; boʻyoq.
-
Quruq rang. Ipak boʻyaydigan rang. Rang bermoq.
-
Stadion remont qilina boshlagan, panjaralar qizil, sariq rangga boʻyalgan. Yoshlik
2. snt. Rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi.
3. Narsalarga surtilgan yoki singdirilgan boʻyoq, sir.
-
Shipi sharqcha naqshdor uy, naqshlari eskirib, rangi xiralangan, lekin hali diqqatni tortarlik holda. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bugun u ishdan barvaqt qaytdi. Och zangori rangga boʻyalgan darvozadan oʻtib, hovliga kirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Biror narsaning oʻziga xos boʻyogʻi; tus.
-
Rangi sariq roʻmol. Hayvonlarning muhitga moslashadigan rangi. Olmaga rang kirib qoldi.
-
Gʻoʻzalarning rangini koʻrgan sari, ichginam tuzday achiydi. N. Safarov, Jasoratning davomi
-
Bir tup daraxtda qancha shox-shabba, qancha rang, qancha gul-meva, qanchalab sir-sinoat bor. Gazetadan
-
Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan goʻjaga qatiq ham rang kirgizolmadi. A. Qahhor, Anor
5. Kishining yuzidagi qizillik darajasi.
-
Uning rangida qoni yoʻq. Uning rangi qip-qizil. Rang koʻr, hol soʻr. Maqol
-
Negadir Charosning yuzi xuddi shu gul bilan bir xil rangda ekanini endi sezdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Tursunoy bilan Sharofatning rangi boʻzday oqardi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. koʻchma Gap, nutq, ohang va shu kabilardagi nozik boʻyoq, tus; koʻrinish, jilva.
-
Bir zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Ammo oʻzga maqomda koʻngilni yana qattiqroq sehrlovchi ranglar bilan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir-ikki kun miyonasidagi kechinmalar
-
turli rang bilan uning uyquli dimogʻida akslana boshladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Eng yaqin kishilaridan ham yashirib yurgan, allaqachon oʻtmish daftarlarida rangi xiralashib ketgan xotiralar birdan tugʻyon urdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Rangi ham, tusi ham namoyon dunyo, Qirqmi ellik bu, umr oʻrtasi. A. Oripov, Yillar armoni
7. koʻchma Jonlilik, fayz.
-
Toshkentlik mashhur bir boyning xasisligi haqida eng keyingi, hali hech kimning qulogʻiga chatilmagan latifalar suhbatga rang berib turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
rang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rangi ketib qolmoq
-
— Ranging ketib qolibdi, — dedi u Dilfuzaning koʻzlariga tikilib. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Rangi siniqmoq
-
Yodgor uning rangi siniqib, koʻzlari kirtayib qolganini sezar, iztirob chekib yurganini bilar, yugurib borib, qoʻlidan tutgisi, men seni sogʻinib ketdim axir, degisi kelar, ammo jurʼati yetmas, bunday qilishga oʻzini haqsiz deb bilar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Rangi oʻchib ketmoq
-
— Haqorat qildi! — dedi Iskandarov anchadan keyin tilga kirib. U rangi oʻchib, oʻrnidan turib ketdi: — Nega meni haqorat qilding, iflos! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ikki-uch olishdayoq laganning rangi oʻchib ketdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
dipl. harb. Unvon, rutba darajasi.
-
Birinchi rang kapitani.
Qiyoqqa oʻxshash yovvoyi oʻsimlik.
RANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar