rangdor
bilan ulashing
1. Biror rangga ega boʻlgan yoki boʻyalgan; rangli; rang-barang.
-
Rangdor qalamlar. Rangdor qogʻoz.
-
Parkning rangdor marjon chiroqlari ham soʻndi hamma yoq jimjit boʻlib qoldi. A. Muxtor, Chinor
-
Chamasi, kasalxona yaqinidagi bu bozorcha oʻzidan-oʻzi paydo boʻlgan, keyinchalik bir qator rasta qurilib, ustiga rangdor plastmassa shifer yopib qoʻyilgan edi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
2. koʻchma Bejamali, jilvali, tamtaroqli, balandparvoz (gap, soʻz, uslub va shu kabilar haqida).
-
Sayramov bolalikda, uzun qish kechalari cholning oʻziga xos rangdor soʻzi va uslubini diqqat bilan tinglardi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
umrdosh tanlashda yanglishma, qizlarning tashqi qiyofasiga, rangdor soʻzlariga ucha koʻrma, — dedi mehmon Mansurga. Yo. Shukurov, Uch savol
RANGDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАНГДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
RANGDOR so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan RANGDOR so‘ziga berilgan ma’nolar
rangdor so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
rangdor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing