elak
bilan ulashing
Un elash uchun ishlatiladigan, toʻr qoplangan yogʻoch gardishdan iborat uy-roʻzgʻor asbobi.
-
Sim elak. Qalin elak. Elakka kirgan xotinning ellik ogʻiz gapi bor. Maqol
-
Ziyodaxon elakdagi kepakni ogʻzi tor xaltachaga ehtiyot bilan soldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
elak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Elak boʻlmaslik
-
Qobiljon gap bilmaydi, gap bilmagandan keyin, elga elak boʻlmaydi. Oʻ. Umarbekov, Yulduzlar
Elakdan oʻtkazmoq
-
Xom yongʻoq poʻstlogʻini quritib, elakdan oʻtkazib, xinaning asiliga keling, deb yana pul topadi. S. Ahmad, Saylanma;
-
Bu yerning tabiati shunaqa, yangi kelganlarni elagidan oʻtkazib oladi J. Abdullaxonov, Toʻfon
ELAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЛАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
elak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar