ela
bilan ulashing
1. Elakdan oʻtkazmoq, elakdan oʻtkazib tozalamoq.
-
Bostirmada Ziyodaxon supra yozib, un elab oʻtirar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Toʻy arafasida kuni bilan qor yogʻdi, shunday elab yogʻdiki, koʻzlarni ochirmay qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. (faqat boʻlishsiz shaklda — elamaslik) Eʼtibor (ahamiyat) bermaslik, nazar-pisand qilmaslik.
-
Zebixon oʻziga munosib yigit izlardi. Oyogʻi tagida oʻralashayotganlarni pisand qilmas, yoʻlini toʻsib, yigʻlab, dardini aytadiganlarni elamas edi. S. Ahmad, Ufq
-
Xola qoʻshnisining gapini sirtdan elamagan boʻlsa ham, ammo ichidan zil ketdi. L. Mahmudov, Vafo
3. kam qo‘llanadigan, aynan Tebratmoq.
-
Zubayda boshini elab, yoʻq ishorasini bildirdi. K. Yashin, Hamza
ELA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ela so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar