el
bilan ulashing
1. Bir joyning odamlari, aholisi, xalqi; umuman, koʻpchilik odam, xaloyiq, hamma.
-
U erining qilmishidan el oldida boshini xesh qilib yurardi. T. Ashurov, Oq ot
-
Odamlarning koʻz yoshidan, qahridan qoʻrqmay, el otasi boʻlib yurganingizga yoqa ushlayman, taqsir. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Bir yurtga, qabilaga mansub odamlar; millat, xalq.
-
Qipchoq eli. Mangʻit eli. Qardosh ellar.
-
Shifokorlik kasbini ulugʻlash, elga sidqidildan xizmat qilish, kishilarning dardiga davo topish oliyjanob ishdir. Gazetadan
3. Yurt, diyor, mamlakat.
-
Chet ellar. Har kim elida, oʻrdak koʻlida. Maqol
-
Bahor keldi elimizga, Yashil toʻn kiydi dala. I. Muslim.
-
Shu payt xayol uzoqlarga, ona elimga olib ketdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Yashil ellarga tomon uchib ketdi qushchalar. A. Oripov
el soʻzi qatnashgan jumlalar:
El boʻlmoq
-
Asli dushman el boʻlmas, Etakni kessang, yeng boʻlmas. Maqol
-
Tomchi sel boʻlmas, Dushman el boʻlmas. Maqol
-
Bekning toʻplagan odamlari allaqanday bir-biriga el boʻlmaydigan olchoq odamlar ekan A. Muxtor, Chinor
-
Yovga el boʻlmagan kabi hech zamon, Yovni el qolmadi fargʻonaliklar. A. Obidjon.
EL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
el so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar