elchi
bilan ulashing
1. dip. Bir suveren davlatning boshqa bir suveren davlatdagi diplomatik vakillarining eng katta martabasi, unvoni va shu unvonga ega boʻlgan shaxs.
-
Favqulodda va muxtor elchi.
-
Allaqachonlardan beri bu davlatda elchimiz ham yoʻq. Gazetadan
2. tarixiy Shoh tomonidan biror topshiriq bilan yuborilgan kishi.
-
Xoʻja Abdullo boshliq elchilar undan rad javobi olib qaytdilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Elchi poshshoning chuqur maʼnoli gapiga qoyil qolib, taʼzim qildi. Latifalar
3. koʻchma Darak beruvchi narsa, belgi.
-
Qish elchisi —
-
qargʻalar qagʻillay boshladi.
-
Binafshalar ochildi Bahor elchisi boʻlib. Yu. Hamdam
4. kam qoʻll. Sovchi.
-
Zebixonga elchi qoʻyib yurilgan vaqtlarda mingboshi bir soʻz degan emasmidi: Shuni qoʻlga keltirsam, bor-yoʻgʻimni tutaman Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Sovchi boʻldim ikkovingga danakor, Elchi-sovchi boʻlmaydigan gunohkor. Gulixiromon
5. harb. Urishayotgan tomonlarning oʻzaro muzokara olib borish uchun yuborgan vakili.
-
Elchiga oʻlim yoʻq. Maqol
ELCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЛЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
elchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar