elt
bilan ulashing
1. sheva Olib bormoq; tashimoq.
-
Uning imosi bilan Mahdini zaldan olib chiqib, yotoqxonaga eltib qoʻydilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
ayalaringga bir laganda manti-somsa, ikki choynak achchiq choy eltib ber! K. Yashin, Hamza
-
Oila boshligʻi Zunnunxoʻja Sidiqjon dalaga urugʻlik va goʻng eltib, hosil keltiradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. sheva Sigʻdirmoq; ketmoq.
-
Chelak oʻn litr suv eltadi.
-
Ilgari kanal toʻgʻrisida gap borganda, Sidiqjon uni biron tegirmon suv eltadigan ariq deb oʻylagan edi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3.
-
Asrorqul kelib oʻtirdi. Uning chakka tomirlari chiqqan, nafas olishi bejo edi Chilim eltgandir. A. Qahhor, Asror bobo
-
Issiq eltibdi, uka. Endi tuza-lib qolasiz. S. Ahmad, Taʼzim
-
Oʻtirdilar bari, yonboshda parqu, Boshin qoʻysa, kishini eltar uyqu. M. Alaviya, Sevinchlarim
elt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqlni eltmoq
-
Shirin ham oydayin toʻlgan kamoli, Aqlingni eltar husni jamoli. Bahrom va Gulandom
ELT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЛТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
elt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar