ermak
bilan ulashing
1. Vaqtni koʻngilchogʻlik bilan yoki zerikmay oʻtkazish uchun xizmat qiladigan narsa, mashgʻulot.
-
Bolalar ermagi. Bekorchilikka ermak. Ertak — ermak.
-
Ovqatdan keyin ermak uchun oʻzining ham oʻzga shoirlarning muammolaridan bir nechasini oʻqib, yashirilgan ismlarni topishni iltimos qildi. Oybek, Navoiy
2. Koʻngilga tasalli beradigan, ovutadigan narsa, kimsa; ovunchoq, yupanchiq.
-
Nazokatning birdan-bir mashgʻuloti va ermagi dutor edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Yolgʻizlikning dastlabki kunlarida uning ermagi faqat Toʻlqin bilan Uchqun boʻldi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Masxara, kulgi, mazax boʻlgan kimsa, narsa.
-
Qizlar Salimaxonni ermak qilib, kulishib oʻtirganlarida, Xadichaxon kirib keldi. N. Fozilov, Oqim
ermak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ermak qilmoq
-
Muhammad Jamol urina-urina, nihoyat, uyquga ketdi. Ahmad Husayn u-bu kitoblarni ermak qildi. Oybek, Nur qidirib
-
Ana, har kuni ermak qilib turadigan doʻmbirasining dastasi qamish kuli orasidan chiqib yotibdi. N. Fozilov, Diydor;
-
Qiz ermak qilayotgandek, orqasiga qarab qichqirdi: — Hoy, Akbar, oʻrtogʻing keldilar, bu yoqqa chiq. S. Ahmad, Togʻ afsonasi
-
Sayfi boʻlsa, hadeb tilini chiqarib, meni ermak qiladi. S. Ahmad, Saylanma
ERMAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭРМАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ermak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar