eskir
bilan ulashing
1. Ishlatilib, tutilib eski boʻlmoq, toʻzimoq yoki yaroqsiz holga kelmoq.
-
Eskirgan toʻn. Eskirgan mashina,
-
Temirchining ikki xonadan iborat uyi eskirib ketgan va pastqam edi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
-
Shipi sharqcha naqshdor uy, naqshlar eskirib, rangi xiralashgan. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Davr talablariga mos kelmaydigan boʻlib qolmoq; isteʼmoldan chiqmoq, urfdan, modadan qolmoq.
-
Eskirgan darslik. Eskirgan soʻz.
-
Choʻlning, yillar oʻtsa ham, eskirmagan tartib-qoidalari bor choʻpon xalqi unga boʻysunadi. Gazetadan
3. Yashash, faoliyat muddati uzaymoq.
-
Oila eskirgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi. Gazetadan
ESKIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭСКИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ESKIR so‘ziga berilgan ma’nolar
eskir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
eskir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing