etyud
bilan ulashing
1. Tasviriy sanʼatda: biror narsaning oʻziga qarab ishlangan dastlabki, xomaki rasm, skulptura, chizma (etyud katta asar uchun material boʻlishi, shuningdek, mustaqil asar boʻlishi ham mumkin).
-
Raʼno etyudlarini oshxona devoriga suyab qoʻyardi. Yigitlar boʻlsa, etyudlaridan ham koʻra, koʻproq oʻzini koʻrish payidan edilar. A. Muxtor, Chinor
2. Musiqa yoki boshqa sanʼat asarining mashq uchun yoki mustaqil ijod tariqasida yozilgan, sozandaning mahoratini oshirishga yordam beradigan bir turi.
-
Programma oʻzbek xalq oʻyinlari — darbozlik, kurash askiya, latifa, etyud va yana boshqa ommaviy sanʼat turlaridan iborat boʻldi. Gazetadan
3. Biror masalaga bagʻishlangan, unchalik katta boʻlmagan ilmiy, tanqidiy ruhdagi asar turi.
4. Shaxmat va shashka oʻyinida: kam sonli figuralar bilan yutish yoki durang qilish yechimini topish uchun beriladigan pozitsiya, masala.
ETYUD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭТЮД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
etyud so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar