ez
bilan ulashing
1. Bosib, siqib va boshqalar yoʻl bilan yumshatmoq, pachaqlamoq, yanchmoq va h.k.
-
Oyogʻi bilan sigaretani ezmoq. Anorni ezmoq.
-
Yonida chumoli uyasini koʻrib, oyogʻi bilan ezdi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Chol boshqa choy chaqirib, belbogʻining qatidan quruq choy olib, kaftida ezdi-da, piyolaga solib qaytardi. S. Ahmad, Hukm
-
Ertalab Shoqosim bir oʻsimlikning qovjiroq gulini keltirib, qaynoq suvda ezib, qizga ichirishni buyurgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Kishi aʼzosi yoki uning biror joyini qattiq bosim, siquvga olmoq.
-
Ogʻir yuk yelkasini ezyapti.
-
Oyogʻini qizdirib ezgan etigini yecholmay oʻtirgan Shirmonxon Maqsuda kelgandan keyin oʻrnidan turdi. S. Zunnunova, Olov
-
Manglayni ezib yubordi bu choʻyan qalpoq. Oybek, Quyosh qoraymas
3. Ogʻir, qiyin ahvolga solmoq, shunday ahvolda saqlamoq.
-
Uzoq va mashaqqatli yoʻl ularni juda ezib tashlagan edi.
-
Xalqlarni qul qilib ezib kelgan podsho hukumati agʻdarildi. T. Bekmurodov, Unutilmas voqealar
-
Kirib maydonda javlon urdi erlar, Ezib dushmanni hayqirmoqda sherlar. Habibiy
4. Ruhan qiynoqqa solmoq; qiynamoq.
-
Rahimjon aka, boʻldi, oʻzingizni ezmang. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Oraga ogʻir, ezib yuboruvchi jimlik choʻkdi. K. Yashin, Hamza
-
U bilan talashib-tortishib oʻtirib, yolgʻizligini ham unutgan ekan. Endi tanholik eza boshladi. S. Siyoyev, Otliq ayol
5. Qoyilmaqom qilib, juda taʼsirli tarzda ijro qilmoq (asosan kuy, qoʻshiq haqida).
-
Shodmon hoji oldin dutorda mayin ezib, Tuya boʻzlov mashqini chalib, keyin tanburni oldi. S. Abdulla, Quvgʻunda
-
Bobosi uni quvontiradigan gap topganidan xursand, ezib hikoya qila ketdi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
ez soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jagʻini ezmoq
-
Ol qoʻlingni, jagʻingni ezib qoʻyaman! Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
Jigʻini ezmoq
-
Ha, Salim, Hakimlarning jigʻini ezaman, uka. Oybek, Tanlangan asarlar
Ezib yogʻmoq
-
Uch kundan beri yomgʻir ezib yogʻar, hasharchilar ishga chiqmay, zerikib qolishgan edi. Oʻ. Hoshimov, Bir tomchi shudring
Yurakni (yoki bagʻirni, qalbni, yurak-bagʻirni) ezmoq
-
Oʻgʻli Turgʻunboy uning yuragini ezib yubordi. T. Ashurov, Oq ot
-
Axir menda nima gunohki, mushtipar onayizorning bagʻrini ezasan. K. Yashin, Hamza
-
Sovliqning faryod urib maʼragani yurak-bagʻrini ezib yubordi. S. Ahmad, Yulduz
-
Opa xatosin sezdi, Toʻgʻri soʻz qalbin ezdi. Mushtum
EZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ez so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar