fayz
bilan ulashing
1. Oʻziga jalb qilishlik, quvonch baxsh etuvchi jozibadorlik. Suhbatga fayz kirdi. Bazmning fayzi ketdi.
-
Orombaxsh Choʻli iroq polizning sehrli oqshomiga yana ham fayz kiritdi. N. Fozilov, Diydor
-
Shu payt elektr chiroqlari yoqildi, hovliga fayz ustiga fayz qoʻshildi. Gazetadan
2. koʻchma Baraka, moʻllik.
-
Fayz yogʻildi Oʻzbekistonga, Bu dilrabo bogʻ-u boʻstonga. X. Rasul.
-
Baxt nashʼasi.
-
Fargʻonaning husni keldi sahroga, Paxta ekdim, fayz keldi, inju keldi. T. Toʻla, Oromijon
FAYZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАЙЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fayz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan FAYZ so‘ziga berilgan ma’nolar
fayz so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar