g‘aji
bilan ulashing
1. Suyak, qattiq non va shu kabilarni kemirib yemoq; mujimoq (koʻpincha it, mushuk va yirtqich hayvonlar haqida; insonga nisbatan esa salbiy munosabat bilan qoʻllanadi).
-
Bir olapar ellik qadamcha narida allanarsani gʻajir edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Volosov Allonbiyning oq oʻtovida qoʻyning qovurgʻasini gʻajir ekan, Erimbetni yetimchadek qaqshatmoqda edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Elmurod onasining soʻzi bilan sabzi gʻajib turgan qizchaga qaradi P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Tishlab, chaynab qattiq jarohat yetkazmoq.
-
Oyogʻini it gʻajib tashlabdi.
-
Otlar halok boʻldi, eshaklarni yirtqichlar tunda gʻajib ketdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
3. koʻchma Tilka-pora qilib yubormoq, abjagʻini chiqarmoq: abgor qilmoq.
-
Odamlar ajratmaganda, bu xotin mulla Norqoʻzini gʻajib tashlar edi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Keyin Zunnunovga xudo beradi. U seni gʻajib tashlashga tayyor. I. Rahim, Ixlos
4. koʻchma Qattiq zarb, siqish va shu kabilar yoʻl bilan shikastlamoq, ezmoq, majaqlamoq.
-
Mashinaning eshigi qoʻlimni gʻajidi.
-
Nima, buni mashina mayib qilibdimi yo u yer-bu yerini gʻajib ketibdimiki, baxtsiz hodisa desa K. Yashin, Hamza
g‘aji soʻzi qatnashgan jumlalar:
It gʻajigan suyakday (yoki oshiqday)
-
Sen qoʻlimni ushlashga zor boʻlib yurgan yigitlarning bitta harom tukiga arzimaysan! Nimangga ishonasan?! Chiroyinggami?! It gʻajib tashlagan oshiqdaysan. A. Qahhor, Sarob
G‘AJI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАЖИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘aji so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar