o‘choq
bilan ulashing
1. Orqa va yon tomonlari yopiq boʻlib, ichiga oʻt yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon oʻrnatiladigan qurilma.
-
Loy oʻchoq. Yer oʻchoq. Temir oʻchoq.
-
Tosh oʻchoqda archa choʻgʻi yalligʻlanib turibdi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Brigada buloqqa yaqinroq joydan oʻchoq kovlab, qozonni oʻrnatdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Kunchiqar tomonda katta oʻchoq, qozonda shoʻrva qaynab turibdi. Ertaklar
-
Himmat oʻchoqda lovullab yona-yotgan oʻtga kosovni tutib papirosini tutatib oldi. M. Muhamedov, Qimmat bilan Himmat
2. koʻchma Biror narsa paydo boʻladigan, amalga oshadigan, tarqaladigan joy; manba, markaz.
-
Bilim oʻchogʻi. Maʼrifat oʻchogʻi. Tarbiya oʻchogʻi.
-
[Elmurod] Agar oʻzi bu yerdan ketganda ham, dastlabki madaniyat oʻchogʻining abadiy qolishini oʻylab, oʻzidan-oʻzi gʻururlandi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Xullas, Sheroz qadimdan adabiyot, sanʼat oʻchoqlaridan biri boʻlgan, u yerda miniatyura maktabi ham rivojlangan. Gazetadan
-
Mamlakatning markaziy va shimoliy tumanlarida yongʻin oʻchoqlari soni ortib bormoqda. Gazetadan
-
Qumqishloq dehqonlarini qadimdan qiynab kelgan botqoqlarni isitma-bezgak oʻchoqlarini quritish uchun bir necha chaqirim uzunlikda zovur qazish kerak. H. Gʻulom, Mashʼal
o‘choq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻchoq boshi
-
Sindirildi tez zogʻora non, Sevgan qizi, koʻz nuri — Oyxon Qushday uchdi oʻchoq boshida. H. Poʻlat
-
Oʻchoq boshida kerosin bilan shishasiz yonayotgan jinchiroqni olib, tashqari chiqdi. S. Ayniy, Qullar
-
qurtga barg kesgani boramiz. U kishi kelsalar, ovqat oʻchoqboshida. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
O‘CHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЧОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘choq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar