g‘aflat
bilan ulashing
1. Hush-yorlik butunlay yoʻqolgan holat, butunlay ogohsizlik; gʻofillik.
-
Keldi ayyomi bahor, ish davri bir on oʻtmasin, Bir nafas gʻaflatda bu qiymatli davron oʻtmasin. Habibiy
-
— Qalay? — deb soʻradi Komilov Bekdan otishning natijasini bilmoqchi boʻlib. — Gʻaflatda ekan, chamamda, hammasi boʻlmasa ham, teng yarmi qirildi. I. Rahim, Mangulik qoʻshigʻi
2. koʻchma Narsalarning mohiyatiga tushunmaslik; nodonlik, jaholat.
-
Abdishukur davom etdi soʻzida: — Xususan, biz, Turkiston musulmonlari, chuqur gʻaflatdamiz. Oybek, Tanlangan asarlar
g‘aflat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻaflatda qolmoq yoki gʻaflat bosmoq
-
Tushunib qadam bosgan, gʻaflatda qolmaysan, xato qilmaysan, gʻarq boʻlmaysan. Y. Muqimov, Qizilqum pahlavoni
-
Gʻaflat bosib, koʻzim ilingan ekan, bir vaqt qulogʻimga xirillagan tovush kirdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Ishqilib, [gʻoʻzani] parvarish qilish davrida gʻaflatda qolmanglar-da Gazetadan
Gʻaflat uyqusi
-
U yer-bu yerda qoʻyilgan qorovullar esa gʻaflat uyqusida edilar. M. Osim, Sehrli soʻz
-
xonadon egalari gʻaflat uyqusida yotganday. Jimjitlik.S. Siyoyev, Avaz
G‘AFLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАФЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘aflat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar