g‘arg‘ara
bilan ulashing
1. taql. s. Suv yoki boshqa suyuq narsani ogʻizda tutib, tomoqni chayganda chiqadigan tovushni bildiradi.
-
Gʻargʻara qilmoq.
-
Yoʻldosh juda charchagan. Buning ustiga-ustak tomogʻi shamollagan edi. Namakob bilan gʻargʻara qilib yurib, kechagina zoʻrgʻa tuzatib oldi. A. Muxtor, Chinor
-
Sut bilan ogʻizni chayqash va gʻargʻara qilish tomoq ogʻrigʻi, bodomsimon bezlarga naf boʻladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. Oʻlim oldidan tomoqdan chiqadigan xirqiroq tovush.
-
oʻgʻlini allaqaysi gulgun bazmdan chaqirib olib, oʻlim toʻshagida ajal gʻargʻarasi tutib yotgan qari graf huzuriga yuboradi. X. Sulton, Bir oqshom ertagi
-
Kelsa, jiyanining tomogʻiga gʻargʻara kelib qolgan ekan. Ziyoda bosh tomonda, Gulnora qiz oyoq tomonda unsiz yigʻlab oʻtirishibdi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
1. maxs. Arqon yoki zanjir yordamida biror narsani tortish, koʻtarish uchun xizmat qiladigan moslama, oʻqqa oʻrnatilgan gʻaltak; chigʻir.
-
Qoʻra yaqiniga qazilib, ustiga gʻargʻara oʻtqazilgan bir quduq u yerdagilarning suv manbai edi. S. Ayniy, Qullar
2. Katta charx, devcharx; charxli dastgoh.
-
Pillakash pilla ipining uchini topib, bir-biriga chirmashib ketgan pilla ipini gʻargʻaraga oʻrnatilgan dugga oʻrar edi. Gazetadan
G‘ARG‘ARA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАРҒАРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘arg‘ara so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar