g‘arch
bilan ulashing
1. taql. s. Moʻrt, kuvrak narsani chaynaganda, bosganda, sindirganda chiqadigan tovushni bildiradi.
2. maxs. Etik, kavush, tufli kabi oyoq kiyimlarining tagcharmi orasiga maxsus tarzda qoʻyiladigan charm va yurganda undan chiqadigan tovush.
-
Xudo xohlasa, etiklaringga gʻarch soldirib beraman. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Oʻrtaga choʻkkan oʻngʻaysiz jimlikni uzoq yoʻlakdan eshitilgan etik gʻarchi buzardi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Hali gʻarchi ketmagan tuflisidan tortib poʻrim telpagigacha — boshdan-oyoq yana bir sinchiklab, maʼnodor tikildi. Yoshlik
g‘arch soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻarch etib (yoki etkazib)
-
Bodringni gʻarch etib tishlamoq.
-
— Shu bilan maqtanyapsanmi?! — poʻngʻilladi u qoʻlida qolgan karam magʻzini gʻarch etib chaynab. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
G‘ARCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАРЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘arch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar