g‘ildirak
bilan ulashing
1. Arava, mashina yoki biror mexanizmning yurishi, harakat qilishi uchun xizmat qiladigan, oʻqqa oʻrnatilgan, aylanadigan, doira shaklli qismi.
-
Arava gʻildiragi. Avtomobil gʻildiragi.
-
Sal alaxsisang, universalning tishli gʻildiragi tagida qolib ketasan. M. Mansurov, Yombi
-
Mana, kichik teleskopga oʻxshash asbobning gʻildiraklari harakatga keldi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
2. Gʻildirakka oʻxshash, aylana shaklli.
-
Tip-tiniq gʻildirak oynachasi bor, Oynakka toʻgʻri tik tuynukchasi bor. Q. Muhammadiy
g‘ildirak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarix (yoki taraqqiyot) gʻildiragi
-
Gitlerchilar qonuniy taraqqiyot gʻildiragini orqaga aylantirib yubormoqchi boʻlgan edilar. Gazetadan
-
Tarix gʻildiragi aylanar izda, Xalqlar kurashadi kelajak uchun. R. Bobojon.
G‘ILDIRAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИЛДИРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘ILDIRAK so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘ildirak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘ildirak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar