g‘ilof
bilan ulashing
1. Buyumni tashqi shikastdan saqlash uchun solib qoʻyiladigan, shu buyum shakliga moslab tayyorlangan maxsus jild, quti, qin.
-
Koʻzoynak gʻilofi. Miltiq gʻilofi. Koʻrpaning gʻilofi. Gʻijjakning gʻilofi. Gʻilofga solmoq.
-
Boʻronboy gʻilofning bogʻichini yechib, dutorni oldi, torlarini cherta-cherta, uzoq sozladi. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
-
Men kirishim bilan Rasulov oq surpdan gʻilof kiygizilgan kreslosini orqaga surib, oʻrnidan turdi, kabinetning yarmiga kelib koʻrishdi. R. Fayziy, Suvchi
-
Sharofat xola derazadan qarasa, eshik tagida bir mashina yigit-qizlar. Yelkalarida ryukzak, kuzovda gʻilof kiygizilgan juft-juft changʻilar. A. Muxtor, Chinor
2. koʻchma kam qoʻll. q. Maska 1.
-
Tuhmatchining toshi yomon, Gʻiybatchining — gʻilofi. Maqol
G‘ILOF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИЛОФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ilof so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘ILOF so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘ilof so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar