xayol
bilan ulashing
1. Oʻylash, fikrlash jarayoni; oʻy, fikr.
-
Har kallada ming xayol. Maqol
-
[Ibn Yaminning] Xayolida qoʻrqinchli fikrlar aylanardi. K. Yashin, Hamza
-
Yosh shoir doʻstlarimga tinchimas xayol, ilhom zavqlari tilayman. Gazetadan
2. Tasavvur.
-
Gulnorning koʻzlari, yuzi yolgʻiz Yoʻlchining xayollaridagina kuladi, jilvalanadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Boburning] Xasta xayolida birdan qilich tutgan Tanbal gavdalandi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Orzu, fantaziya.
-
Istiqbolning shirin xayollariga koʻmilgan holda maxdum asr namozi uchun tahorat olar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Ammo oʻz elimga qaytib koʻrdimki, Shamayda oʻylaganlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Es, xotira.
-
Oʻshanda bu qiz uning [Yod-gorning] nazarida farishtadek jonlangan, xayolida allanechuk muqaddas bir iz qoldirgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Xayolim meni uzoq oʻtmishga olib ketadi. Gazetadan
xayol soʻzi qatnashgan jumlalar:
...degan xayolda yoki ...degan xayol bilan
-
Bir ozdan keyin balkon eshigi gʻiyqillab ochilib, yopildi. U Tamila opami, Zokirjonmi, degan xayolda qayrilib qaramadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Sidiqjon uni [bolani] albatta bir nima chaqdi, degan xayolda tura solib yugurdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
U [chol], uyimning buzilishini koʻrmay, degan xayolda orqasini oʻgirgach oʻt yoqa boshladi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
Puch xayol
-
Ammo oliy maktab orzusi men uchun yolgʻiz puch xayol boʻlsa ham, undan voz kecha olmadim. Oybek, Nur qidirib
Xayol olib ketmoq (yoki qochmoq)
-
Saodatxonni yana xayol olib ketdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Xayol surmoq
-
Pastakkina ayvon yonida oʻrta yoshlardagi bir odam., xayol surib tikka turibdi. S. Zunnunova, Olov
Xayol qilmoq
-
Madrasa qurilishida bir ishkallik chiqmadimikin, deb xayol qildi u [Qavom]. Mirmuhsin, Meʼmor;
-
U [Yoʻlchi] dam oʻylab, xafa boʻladi, dam ancha pul yuborib, onasini sevintirishni xayol qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Rafqon va Shoʻrsuv dashti-da dushman bilan toʻqnashuvni xayol qilib, [Ahmad mirzo] Rafqon tekisligiga borgoh qurdi. Mirmuhsin, Meʼmor
Xayolga botmoq (yoki tolmoq, choʻmmoq)
-
Dumaloq stol ortida bir odam xayolga choʻmib oʻtiribdi.
-
Rasuljon hozirgina oʻqib boʻlgan xatning bir chetidan ushlaganicha, xayolga botgan edi. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
[Avazning] Tushidagi ishoralar uni xayolga toldirgan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Xayolga kelmoq
-
Xayoliga kelgan hamma narsani Gavharga bir-bir aytib berdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Koʻpdan beri xayolimga kelmagan narsalarni esimga solib qoʻygani uchunmi, u bilan bahslashgani soʻz topolmay qoldim. I. Rahim, Hilola
Xayol(i)ga (ham) keltirmaslik
-
Rad javobi olish qanchalik ogʻir ekanini sen xayolingga ham keltirmaysan. X. Sultonov, Onamning yurti;
-
Mirzakarimboy yerga oʻch odam edi. Hatto yer sotishni xayoliga keltirmagan odamlarning yerlarini oʻzinikiga qoʻshish uchun hech nimadan toymas edi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Doktor, Hamzani bu yerda uchratishni xayoliga ham keltirmagandi. K. Yashin, Hamza
Xayoldan ketmaslik
-
Ammo tushlik paytgacha Iblis xayolimdan nari ketmadi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Avazning xayolidan bir-biridan mashʼum, yurakni tilka-pora qiluvchi manzaralar ketmay qoldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Xayol(i)dan kechmoq (yoki oʻtmoq)
-
Shu bilan birga uning xayolidan gʻalati fikrlar ham kechib turdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Har ikkalasi ham har bir ikir-chikirni xayolidan kechirib biron narsa topishga urinar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Negadir [Charosning] xayolidan Dilshod aytgan degan fikr lip etib oʻtdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Xayol(i)dan koʻtarilmoq
-
Kitobni kutubxonaga topshirish xayolimdan koʻtarilibdi.
Xayoli joyida emas
-
Bolam boyoqish notinchroq boʻlib qoldi. Xayoli ham joyida emas. Mirmuhsin, Meʼmor
Chodir xayol
Har xil xayolga bormoq
-
[Nigorani] Shu qadar koʻrgisi keladiki! Biroq kech boʻlib qoldi. Uy egalari har xil xayolga borishlari mumkin. S. Anorboyev, Oqsoy;
-
[Stepan Sokolov:] Keldinglarmi Nega shuncha qolib ketdilaringiz, har xil xayolga borib, hayron boʻlib turgandim. K. Yashin, Hamza
XAYOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАЁЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xayol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar