g‘ivirla
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili 1 Tinimsiz, betartib harakat qilmoq, gʻivir-gʻivir qilmoq; gʻimirlamoq (mayda jonivorlar haqida).
-
Pastdan qaragan kishiga goʻyo behisob chumoli karvoni gʻivirlayotganga oʻxshab koʻrinadi. I. Rahim, Ixlos
-
Koʻklam kelishi bilan butun daraxtlar uygʻonadi, qurt-qumursqalar ham gʻivirlab qoladilar. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
2. koʻchma Asta qoʻzgʻalmoq, harakatga kelmoq.
-
Darhaqiqat, dushman gʻivirlab qolgan edi. Hademay hujumga koʻchdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Ketmoqchi boʻlib gʻivirlay boshlagan edi, Halima opa qoʻymay, choyga oʻtqazdi. Oydin, Hikoyalar
3. Biror narsa, ish bilan sekin-asta kuymanmoq.
-
Hovlida besh-olti kishi gʻivirlab yuribdi. Oʻ. Umarbekov, Yulduzlar
-
Gʻivirlardi bunda hamisha: Gul sugʻorar, hovli supurar Oybek, Qizlar
G‘IVIRLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИВИРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ivirla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar