platsdarm
bilan ulashing
1. harb. Biror davlat tomonidan boshqa davlatga hujum qilishga tayyorgarlik chogʻida qoʻshinlar va jangovar texnikani toʻplash, harbiy harakatlarni kengaytirish uchun baza sifatida foydalaniladigan hudud.
2. Suv toʻsiqlaridan oʻtishda egallab olingan yoki chekinishda tutib turilgan sohil boʻyi maydoni.
-
Dneprdan oʻtish joyi nemislar nazoratida boʻlganidan, biz platsdarmga kerak vaqtda qurol-yarogʻ, oziq-ovqat va rezervimizni erkinlik bilan yetkaza olmasdik. N. Safarov, Olovli izlar
-
Artilleriya razvedkachisi Karim Qosimov platsdarmda bir oydan ortiq jang qildi. Gazetadan
3. Dengiz desanti asosiy kuchlarining tushishi va yoyilishini taʼminlash maqsadida sohil boʻyida egallangan joy, maydon.
-
Bu urushda na odatdagi jang maydonlari va na dengiz platsdarmlari boʻladi. Gazetadan
PLATSDARM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЛАЦДАРМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
platsdarm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar