gal
bilan ulashing
1. Birin-ketin sodir boʻladigan voqea-hodisalar, bajariladigan ishlar tartibi, navbati.
-
Bugun mening galim.
-
Ming balo bilan Qutidor qoʻlini boʻshatib, gal Otabekka yetdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Qatorda egallangan, ishgʻol etilgan oʻrin, navbat.
3. (“bu“, “shu“, “har“, bir kabi soʻzlar bilan) Safar, navbat.
-
Bir gal Doʻstmat har safargiday ish qidirib ketdi-yu, lekin qaytib kelmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Gulnor bu yerga kelsa, Nuri har gal biron ogʻir yumush qildirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
gal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birinchi galda
-
[Yoʻlchining] Qorni juda och edi. Lekin unga, birinchi galda, soch-soqolini qirdirish mashaqqati tushdi. Oy-bek, Tanlangan asarlar
-
Ertasi ertalab Margʻilonning Qoʻqon darbozasidan birinchi galda chiquvchi Hasanali boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Gal bermay
-
Ular [yigit-qizlar] bir-biriga gal bermay, allaqanday voqeani gapirishib kelishyapti. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Yoʻlchi gali bilan mehmonlarning otlarini daraxtlarga qantarib bogʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
GAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar