gajak
bilan ulashing
1. Yuzning ikki chekkasiga yoki peshonaga husn uchun tushirib qoʻyiladigan yarim halqa shaklidagi soch; zulf.
-
Gajak qoʻymoq.
-
Begimjon ikki chekkasidagi gajagini silkitib, mushtlarini beliga tirab turgan edi, Adolat oʻshqirib berdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. etn. Oltin, kumush va shu kabilardan egik holda yasalib, chakkaga taqiladigan bezak buyumi.
-
Suxsur olib boqmaydi, Gajagini taqmaydi, Ishlamagan dangasa Koʻpchilikka yoqmaydi. Qoʻshiqlar
3. sifatdosh 3 Egilgan, qayrilgan.
-
Dumi gajak oʻrdak.
-
Koʻplarning qoʻllarida dastasi gajak, kungurador hassa, lablarida jim-jima mushtuk. H. Nazir, Haykal
-
Kamoxonov, iltimosiga xoʻp degan javobni kutib, savol alomatiday gajak boʻlib turganida, telefon jiringlab qoldi. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun.
-
Oʻynab, dumini gajak qilib, sagʻrisiga tashlab, Gajdumbek [ot] ketib borayotibdi. Goʻroʻgʻli
GAJAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАЖАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan GAJAK so‘ziga berilgan ma’nolar
gajak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
gajak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar