garang
bilan ulashing
1. Qulogʻi eshitmaydigan, kar.
-
Garang odam,
-
Bu garang olovni ham oʻzi yoqadi, oʻchirishda ham oʻzi suv sepadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
2. koʻchma Boshi qotgan, nima qilarini bilmay gangib qolgan; gang.
-
Bolalarning javdiragan koʻzlari otada. Ota esa nima qilarini bilmay garang. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Garang boʻlmoq
4. 1) qulogʻi bitib, eshitmaydigan, kar boʻlib qolmoq.
-
Avtomat tirillashidan garang boʻlgan oʻn uch nemis baravariga qoʻl koʻtarib, oʻrnidan turdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
5. koʻchma 2) nima qilarini bilmay, gangib qolmoq, gangimoq.
-
Usta hiylagacha tili soʻzga kelmasdan, garang boʻlib qoldi. O. Yoqubov, Larza
-
Murod mirzoning xabari er-xotinni ham, Maynani ham garang siqib qoʻydi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
— Jongul kuni bilan yigʻlayverib, hammamizni garang qilib yubordi-ku, — dedi Xudoyqul aka Umarqulga. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
-
Bu mol bilan sen ham sarson boʻlmagin, Behuda oʻzingni garang qilmagin. Alpomish
GARANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАРАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
GARANG so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan GARANG so‘ziga berilgan ma’nolar
garang so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
garang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar