gard
bilan ulashing
1. Chang, un, koʻmir kabilarning yuqi.
-
Un gardin
-
Tegirmonga kirganning kiprigiga gard ilashadi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
doʻl tagida shoʻx aylanayotgan yalpoq katta tosh atrofidagi un gardlarini sidirar, tegirmon toshining gʻuv-gʻuvida hech narsa eshitilmasdi. Sh. Toshmatov. Erk qushi.
2. koʻchma Dogʻ, nuqson.
-
Muborak nomiga gard yuqtirmay yashamoq.
3. koʻchma Zarra, belgi, asar, nishon.
-
Roʻparamda chordana qurib oʻtirgan bu ajoyib moʻysafidning boshiga yillar oppoq gardini ayamay toʻkibdi-yu, lekin vujudini soʻndirolmabdi. A. Hasanov, Yasharish
-
Qoʻshiqchi anglab shu chogʻ Temiroxun dardini, Chehrasiga oʻrnashgan Qaygʻu, kulfat gardini. Gʻayratiy
gard soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻziga gard yuqtirmaslik
-
Hamma hayron: oʻziga gard yuqtirmaydigan, gap tegizmaydigan abjir qiz negadir shuncha mazaxlarga chidab, indamay yuribdi? Gazetadan
-
Otam umrining oxirigacha oʻz shaʼniga, oilasi shaʼniga gard yuqtirmaslik, odamlardan dakki-dashnom eshitmaslik uchun intilgan. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
GARD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАРД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gard so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar