gardan
bilan ulashing
1. Gavdaning bosh bilan yelka orasidagi qismi; boʻyin; boʻyinning orqa qismi.
-
Polvon oʻrnidan turdi, nima qilishni bilmay, goh peshonasini uqalar, goh gardanini qashir edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Sochlari chakkasi va gardanigacha tushgan, yelkasiga fotoapparat ilgan yoshgina novcha sariq yigitcha hammaga bir-bir jilmayib turardi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Gardaniga olmoq
3. 1) oʻz ustiga olmoq, zimmasiga olmoq.
-
Ishning ogʻirini oʻz gardanimga olaman: puli, oziq-ovqat, asbob-uskunasi, ulovi mendan; mehnat — xalqdan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
4. 2) iqror boʻlmoq, tan olmoq, boʻyniga olmoq.
gardan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gardaniga yuklamoq (yoki qoʻymoq)
-
Direktor bu ishni uning gardaniga yukladi. Paxtachilikdagi eng ogʻir ishlar mashinalar gardaniga yuklandi. Gardaniga tushmoq Zimmasiga tushmoq.
-
Yengsalar — nur ustiga nur. Yengilsalar — masʼuliyat Anvarning gardaniga tushadi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
GARDAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАРДАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gardan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar