gardish
bilan ulashing
1. Buyumning aylanma sirti; chambar, chambarak.
-
Childirmaning gardishi. Gʻildirak gardishi.
-
Raʼno.. doʻppisini qoziqqa ilib, gardishi keng kigiz qalpogʻini olib, ustiga ura-ura, changini qoqdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Doira shaklidagi narsa; doira.
-
Oyning gardishi. Quyoshning gardishi.
-
Ha, oy atrofida gardish yasadi: ertaga havo yaxshi boʻladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
[Oynisa] Patirlarni dasturxonga tugdi, ustiga kecha bozordan olib kelgan ikki gardish holvani qoʻydi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
gardish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Falakning gardishi
-
Falakning gardishini qarangki, oʻsha qarib uylangan otasi hali hayot, onasi esa yoshgina olamdan oʻtib ketdi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar.
-
Falakning gardishi bilan loʻli qiz podshoga koʻngil beribdi. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
GARDISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАРДИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gardish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar