go‘sht
bilan ulashing
1. Tirik organizmning mushak toʻqimalari; et.
-
Tomirlarda qon qaynab, koʻzlarda oʻt chaqnardi, mushak goʻshtlari poʻlatday qotib ketgan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Soʻyilgan jonivor tanasining ovqat sifatida isteʼmol qilinadigan qismi; et.
-
Koʻy goʻshti. Tovuq goʻshti. Qovurilgan goʻsht. Ahmad Tanbal chinni lagandagi goʻshtga endi qoʻl uzatganda, eshik sekin ochildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Baʼzi bir mevalarning yeyiladigan qismi, eti.
go‘sht soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir-birining goʻshtini yemoq
-
Roʻziboy deganimiz bir qop goʻsht boʻldi-qoldi. Guldasta. Goʻshtingni yeyman Doʻq, poʻpisa maʼnosidagi ibora. Yeyman deydi goʻsh(t)ini, Qayraydi kal tishini. Ravshan
Goʻshtini bir burdadan qilmoq
-
— Koʻp yengillik qilib hingillay bermanglar! Otang koʻrib qolgudek boʻlsa, seni ham, meni ham goʻshtimizni bir burdadan qiladi,— deb to eshikdan chiqib ketguncha javrab qoladilar. Oydin, Bechora
Nomaʼqul buzoqning goʻshtini yemoq
-
— Nomaʼqul buzoqning goʻshtini bir yedik-da,— deydi Berdi tatar. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
— Hol soʻr, ammo hamyonni ham soʻr, uka! Bilasan-ku ahvolimizni, qip-qizil goʻshtmiz,— dedi Umarali. Oybek, Ulugʻ yoʻl
GO‘SHT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГЎШТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
go‘sht so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar