ha
bilan ulashing
1. yuklama Javobda biror fikrni tasdiqlashni, rozilikni bildiradi.
-
— Shu gaplar toʻgʻrimi? — Ha. — Shu yigit ukangizmi? — Ha.
-
Ha, rost, bemorlarning koʻpi har yerdan kelgan odamlar S. Karomatov, Oltin qum
-
— Ha, — dedi Orif Nosirov. — Qadimda sayyoramizda fazogirlar boʻlishgani toʻgʻrisida baʼzilar aytishgan. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. Biror fikrni, faktni alohida qayd etadi, taʼkidlaydi.
-
Muqaddam bir nafas quloq solib, bu kuyni avval hech qayerda eshitmaganini sezdi. Ha, bu yangi kuy edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ha, bechoraning boshiga mushkul ish tushib turipti. A. Qahhor, Ogʻaynilar
3. Kutilmaganda biror yangi narsa, hodisa, fikr yodga tushganda, biror kimsa yoki narsani eslashga urinishda, suhbat mavzusini oʻzgartirish kabi hollarda aytganday, aytmoqchi degan maʼnoni bildiradi yoki shu soʻzlarga xos maʼnoni taʼkidlab, unga eʼtiborni tortadi.
-
Ha, yana bir yangilikni eshiting
-
Oti qursin Ha, aytgandek, oshingizni yeysizmi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Ha, gap bu yoqda deng! — dedi soʻzlarni urgʻularga boʻlib. S. Karomatov, Oltin qum
-
Bir oydan beri minamiz-ku, yangi ot, yangi foytun. Katta maydondagi saroyda. Ha, qoʻshishni, haydashni bilasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar
1. Soʻroq va taxmin maʼnolarini taʼkidlash uchun ishlatiladi; soʻroqqa eʼtiborni jalb etadi.
-
Ha, nega ranging boʻzarib ketdi? E. Rayimov, Ajab qishloq
-
Haydar ota uni ochiq chehra bilan qarshi olishga harchand urinsa ham, Asrorqul ziyraklik qilib: — Ha, zerikkanga oʻxshaysan-ku, — dedi. A. Qahhor, Asror bobo
-
Ha, usta, tinchlikmi? Mirmuhsin, Meʼmor
2. Undov gaplar tarkibida (ya tovushi turlicha — kuchli, choʻziq va boshqacha aytilib) maʼqullash, norozilik, taajjub kabi his-tuygʻularni ifodalaydi.
-
— Ha, noinsof, ha, koʻppak! — Qoratoy boyni soʻka boshladi Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ha, barakalla katta xoʻjalikka xoʻjayin boʻlasiz. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Ha-a! — deb yubordi Ziyo aka va bir oz oʻylagandan keyin soʻradi: — Buni siz aniq bilasizmi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Biror ish-harakatga undashni, shu maʼnoda qoʻllab-quvvatlashni bildiradi.
-
Ha, boʻla qolinglar, vaqt ketyapti. Ha degan tuyaga mador. Maqol
4. Biror ish-harakatga undash, qistash maʼnolarini anglatadi.
-
Ha, tez boʻl. Ha, qarab turasanmi?
-
Odamlar Tojiboyni tartibga chaqirib chugʻurlashdi: — Ha, sal ogʻir boʻl! Yengillik qilma! P. Tursun, Oʻqituvchi
5. Taajjub, norozilik, rad etish kabi maʼnolarni anglatadi.
-
Ha, nega bunday deysiz? Ha, gunohimiz nima?
-
— Ha, Boʻtaboy aka, bemahalda nima qilib yuribsiz? Tinchlikmi? — Tinchlik, — dedi Boʻtaboy. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
6. Birovga murojaat qilganda, hoy yoki ho soʻzlari oʻrnida ishlatiladi.
-
Karim, ha Karim, menga qara.
HA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar