hangoma
bilan ulashing
1. Bir necha kishi oʻrtasida koʻtarinki ruhdagi, shirin, xushchaqchaq suhbat.
-
Hangoma qilmoq.
-
Yashil uvatlarda zavqli qoʻshiqlar, Shavqli hangomalar boʻlar koʻp shinam. Gʻ. Gʻulom
-
Quyuq ziyofat, oʻyin-kulgi, hangoma yarim kechagacha davom etdi. J. Sharipov, Saodat
-
Sodda va samimiy hangoma bilan choy ichilar ekan, daraxtlar orqasidan hoʻngrab yigʻlagan tovush eshitildi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qiziqarli, kishini hayratga soladigan voqea.
-
Qiziq hangomalar aytib, koʻnglini xush qiladigan kishilar bor edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Shunday qilib, yor-birodar, tramvaylar hangomasi hozircha tura tursin, endi gapni birinchi avtobazadan eshiting. Mushtum
-
Enang koʻchada tuqqanmi, bu nima hangoma! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shahar sanoat korxonalarini gazlashtirishdagi hangomalarni gapirib, taʼbni xufton qilmay qoʻya qolaylik. Mushtum
hangoma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hangoma qilmoq
-
U-bu toʻgʻrisida birpas hangoma qilib Oʻsarjon joʻnarkan, Dadamat uni peshinda bedana palovga taklif etdi. Oybek. Oltin vodiydan shabadalar.
-
Iloji boʻlsa, ishni qoʻyib, hangoma qilgimiz keladi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
HANGOMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАНГОМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hangoma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar