harbiy
bilan ulashing
1. Urushga aloqador; urush, jang ishlari bilan bogʻlangan.
-
Harbiy asir. Harbiy sir. Harbiy holat. Harbiy texnika,
-
Normat frontda ekanini, bu yerda chanqoq vodiylarga suv beruvchi, nur beruvchi kanal emas, balki harbiy istehkomlar kovlanib, yov yoʻliga gʻov tiklanayotganini sezdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Armiyaga, harbiy xizmatga oid.
-
Harbiy vrach. Harbiy intizom. Harbiy ish. Harbiy xizmat. Harbiy kiyim. Harbiy qism.
-
Yoʻlda harbiy yuk va askar ortgan mashinalarning keti qariyb uzilmas edi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
U yerda bir toʻp protivogaz taqqan yigitlar harbiy mashq uchun saflanmoqda edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Xonaga harbiy meditsina formasidagi ofitser kirdi. Oʻ.Umarbekov, Yoz yomgʻiri
3. Armiyadagi, harbiy ishdagi kishi, harbiy xizmatchi.
-
Hech kim harbiylarga xos chaqqonlik bilan javob bermadi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
U olim-u shoirlardan koʻra harbiylarni izzat qilardi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. ot s.t. Harbiy xizmat; armiya.
-
Oʻgʻlim harbiyda u ketdi-yu, ikki kundan keyin nemislar keldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Harbiyga chaqirilguncha Toshkentning yirik zavodlaridan birida smena injeneri boʻlib ishlagan. Shuhrat, Shinelli yillar
HARBIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАРБИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
HARBIY so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan HARBIY so‘ziga berilgan ma’nolar
harbiy so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
harbiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing