hisob
bilan ulashing
1. Son, miqdorni belgilash uchun raqamlab atash; sanoq, sanash.
-
Ogʻzaki hisob. Hisobda yanglishmoq.
-
Yasovulboshi hisobidan yanglishmay, oʻlim kaltagini sanaydi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Qirmoqdaman fashist oʻgʻrini, Hisobimda hozir yuz oʻttiz. R. Bobojon.
-
Sening hisobingga toʻgʻri keladimi? Agar olgan hisobimiz toʻgʻri chiqsa, bu gal uning [Otabekning] Margʻilonga quruq qatnab yurishining yettinchi qaytasi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Hisobda boʻlgani; miqdor, sanoq.
-
Hasharda qatnashayotganlarning hisobi. Fermadagi qoʻylarning hisobi. Olarda hisobi — toʻqqiz, Berarda sanogʻi — oʻttiz. Maqol
-
Rus shaharlariga borib savdo qiluvchilar Turkistonda juda oz hisobda boʻlib A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Kimsa yoki narsalarning mavjudligini, miqdorini belgilash roʻyxatidagi, unda qayd etiluvchi majmui; qayd etiluvchilar (etilganlar), borlar guruhi, qatori.
-
Inventar hisobi. Hisobga kiritmoq. Hisobdan chiqarilmoq.
-
Hali bu hisobga fuqarodan oʻldirilgan bechoralar kirmaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Boyagisi oʻn bittamidi? Mana shu soʻnggisini hisobga yozing Shuhrat, Shinelli yillar
4. aynan Hisob-kitob 5.
-
U [Otabek] oʻzining dushmanlarini oʻldirish uchungina Margʻilonga qatnab yurgan ekan, hisobini tugatdi-da, bedarak ketdi-qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Oʻzaro kelishuv, bitimga koʻra olinadigan ulush, haq.
-
Margʻilondan arava minib keluvchi yollangan kishi boʻlib, Toshkentga kelishining ertasi kuni hisobini olgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. (asosan egalik, joʻnalish kelishigi va chiqish kelishigi qoʻshimchalari bilan) Kimsa, jamoa va boshqalar tasarrufida, uning ixtiyorida boʻlgan narsa, moddiy boylik, oziq-ovqat, pul va shu kabilar
-
Gapning qisqasi, oʻzga xalqlar hisobiga yashadi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Endi komandirovkaga ham oʻz hisobingizdan borib kelasizmi? S. Nurov, Narvon
7. Koʻpchilikka yoki kimsaga qilingan, boʻlgan ishlar haqida beriladigan maʼlumot.
-
Keyin qoʻli bilan peshonasini siqdi-da, hisob berishga boshladi qaltiragan koʻllari bilan choʻt qoqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Otni bir oz sovitdim, beda soldim, —
-
Qobil, birov undan: Nima qilib yuribsan? deb soʻrayotganday, hisob berdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Mehmonxonalardan birida Mirzakarimboy oʻz gumashtasidan hisob olar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
8. kam qo‘llanadigan, aynan Hisobot.
-
Rahbarning yarim yillik hisobi.
-
Mening ikki oyogʻimni bir etikka tiqib, hisobimni qoʻyishlari mumkin. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
9. eskirgan, aynan Arifmetika.
-
Yangi maktablar ochib, Qurʼoni karim va boshqa diniy darslar bilan birga, jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham taʼlim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ikkinchi darsda Zohidov degan yoshgina bir yigit hisobdan dars berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
10. maxs. Hisoblash, hisoblab chiqish natijasi.
-
Baʼzan u uzundan-uzoq handasaviy hisoblarni qogʻozga yozib qolar, yana oʻychanlik bilan qamish qalam orqasini gʻajiy boshlardi. Mirmuhsin, Meʼmor
11. I Biror narsa uchun toʻlanadigan pul summasi qayd etilgan hujjat.
-
Har bir student-qurilish otryadida iqtisod va hamkorlik shaxsiy hisoblari ochilgan. Gazetadan
12. bux. Biror muassasa, tashkilot va shu kabilarda buxgalteriya ish-muomalasini olib borish (yuritish) uchun xizmat qiluvchi moliyaviy operatsiya, shuningdek, hujjatlar.
13. Sport oʻyinida tomonlar ochkosini belgilovchi raqamlar (raqamlarda ifodalanuvchi sonlar) nisbati.
-
Oʻyinda hisob tenglashdi — 2:2. Bu gal 5:2 hisobi bilan mehmonlar gʻalaba qilishdi.
14. Gap oxirida (kesim tarkibida) desa boʻlgudek, deyarli maʼnosini bildiradi.
-
Gaz quritadigan sakkizta nasosning hammasi montaj qilib boʻlindi hisob. Gazetadan
-
Na xotin, na bola-chaqa. Dunyodan toq oʻtdik hisob. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Elchiyev Roʻziyev bilan unchalik yaqin emas, osh-qatiq boʻlgan joyi ham yoʻq hisob. E. Aʼzam, Javob
15. Biror ish, xatti-harakatning qanoatlanarliligini, oʻrniga oʻtishini bildiradi.
-
Oyogʻingizga qoʻy soʻysak arziydi, Yusufjon aka. Bu hisob emas, hovliga boramiz K. Yashin, Hamza
16. so‘zlashuv tili Iloj, chora; imkoniyat.
-
Daryodan oʻtishning hisobi bormi?
-
Qaytay desam — quvadi, oʻtib ketishning sira hisobi yoʻq A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Dardim ichimda. Bir oldingizga borib, yuragimni yozib kelaman deyman, sira hisobini qilolmayman. R. Fayziy, Hazrati inson
17. folk. Nima qilish, ish-faoliyat rejasi, ish olib borish yoʻli.
-
Bu soʻzni qiz eshitib, aqlini yitirib, hisobini yitirib, shoshib qoldi. Murodxon
18. 3-sh. egalik va j.k. shaklida — (hisobiga) koʻm. vzf. Asos, sabab, qarashlilik kabi munosabatlarni ifodalaydi; evaziga, uchun, tufayli.
-
Katta mehnat hisobiga shunday natijalarga erishildi.
-
Bu yil uzumdan birinchi marotaba davlat hisobiga hosil yigʻib olindi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Ogʻir minutlarda biz faqat soldatlarimizning mardligi va qatʼiyligi hisobiga dushmanni tutib turardik. N. Safarov, Olovli izlar
hisob soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻrta hisobda
-
Jamoa oʻrta hisobda yigirma besh sentnerdan hosil oladi. Hisobga olmoq
-
Majlis qatnashchilarini hisobga oldim ;
-
Aka-uka Hasanbek, Husanbek, tomda ishlayotgan gurji va pastdagi ikki yigitni hisobga olmaganda, qurilishda odam yoʻq edi. Mirmuhsin, Meʼmor;
-
Samarqand hokimi etib tayinlangan amirzodaning gʻoyatda yosh ekanini hisobga olib shoh Malik Tarxonni unga maslahatgoʻy va himoyachi etib tayinladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
rektorat ham uning ikkita imtihondan qarzi borligini hisobga olib, bu qarorni tasdiqlagandi. Oʻ. Hoshimov; Qalbingga quloq sol
Hisobi yoʻq
-
Xizmat qilar hisobi yoʻq sipoyi Bahrom va Gulandom
-
bir tomondan kirib kelayotganlarning hisobi yoʻq. K. Yashin, Hamza
Hisobiga yetmoq
-
Qishloq kulbalarining cheti koʻrinmas, hovlilarning hisobiga yetib boʻlmasdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Hisob daftari
-
U tirmashib, xirmonga chiqa boshladi tarozi yonida turgan Talʼat uni koʻrib qoldi shekilli, hisob daftarini paxta ustiga tashlab, chopib keldi Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol;
-
— Hay, mayli menda odamgarchilik bor, — deydi-da, hisob daftari bilan choʻtni oladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Hisob qilmoq
-
U savdogarni oʻz huzuringizga olib kelib, hisobni oʻzingiz qilganingiz xoʻbroqdir. Boʻtakoʻz
Hisobni ochmoq
-
Oʻyinning oʻttiz toʻqqizinchi minutida Boqi hisobni ochgan edi. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
Bir hisobda
-
Bir hisobda, aytmaganimiz durust boʻldi.
-
Bir hisobda, dadamning uxlab qolgani menga yaxshi boʻldi. Pobedada bir oʻzim maza qilib ketaman S. Ahmad, Choʻl burguti
HISOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲИСОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hisob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar