ich
bilan ulashing
1. zid. Ichki boʻshliq; tash.
-
Chodirning ichi. Ogʻizning ichi.
-
Oftob bilan toʻlgan keng derazali uyning ichi oydin. S. Ayniy, Qullar
2. zid. Narsalarning buyum eltadigan qismi; sirt.
-
Ariqning ichi. Qopning ichi. Bosh yorilsa, boʻrk ichida. Maqol
-
Sumkasini titkilab, ichidan ikki-uch xil dori oldi, ularni usta Bahromga berib, qachon, qanday ichishni tayinladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Narsaning ichki qismi, orasi.
-
Nonning ichi. Xamirning ichi. Tarvuzning ichi. Ichi qurtlagan olma. Qopdagi bugʻdoyning ichi.
4. Oshqozon, qorin, meʼda.
-
Koʻzing ogʻrisa — qoʻlingni tiy, iching ogʻrisa — nafsingni tiy. Maqol
-
Jonfigʻon byulleten olgani doktorning oldiga chilimning suvini ichib, lohas boʻlib kirgan ekan, doktor ichini chayqabdi. A. Qahhor, Jonfigʻon
5. koʻchma Kishining ichki, ruhiy dunyosi; koʻngil, yurak, dil, qalb.
-
Ota ichidan oʻtganini oʻzi biladi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
— Toʻgʻri, Oʻktam menga yoqadi. Biroq hammadan burun odamning ichi kerak, — dedi Komila. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Elmurod uning harakatlariga beixtiyor razm solib oʻtirdi. Nazarida, soqoli xiyla oqarib qolgan bu odamning vajohati zaharli, ichini qandaydir alam oʻrtagan koʻrindi. P. Tursun, Oʻqituvchi
6. Egalik va makon kelishiklari shaklida (ichiga, ichida, ichidan) koʻm. vzf.
-
Hafta ichida. Uy ichidan gʻalati ovoz eshitildi.
ich soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichi achimoq (yoki kuymoq)
-
Elchiyevning, qiziga ichi achirdi. E. Aʼzamov, Javob
-
Yonverida ularning munozarasini choʻchibroq kuzatib turgan dehqonlarning yuzida Avazga xayrixohlik koʻrib, ichi kuydi, battar gʻijindi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Ichi pishmoq (yoki qizimoq)
-
Uyda oʻtiraverib, ichim pishdi;
-
Baʼzi birovlar ichi pishib, goh yoʻlga qarashadi, goh toqqa chiqib qilinadigan ishlarni oʻzlaricha choʻtlashadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ich-ichidan
-
Ich-ichidan sevinmoq. Ich-ichidan tahsin oʻqimoq.
-
Ularni kuzatib oʻtirgan Sunbulxon aya ich-ichidan quvonardi. Mirmuhsin, Umid
-
Asror esa ich-ichidan gʻijinib, asabiylashardi. Yoshlik
Ichi qora
-
Yaxshi, oʻsha Homidni sen qanday odam, deb oʻylaysan? [deb soʻradi Yusufbek hoji]. — Qoʻlansa soʻzli, ichi qoraroq bir yigit edi, — dedi Hasanali. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Ich(i) ga yutmoq
-
Azizim, ey jafokash xalq, bardoshingga ming tahsin, Chiqarmay ichga yutding, koʻzdagi yoshingga ming tahsin. Voqif.
Ichidan pishgan
-
Uning harakati va tovlanishidan ichidan pishgan, uddaburo ekani darrov sezildi. Shuhrat, Shinelli yillar
Ichini boʻshatmoq
-
Uning gapirmaganiga Juman alamda qoldi Achchiq haqiqatni yuziga solib, roʻy-rost soʻka qolmaydimi? Qizigʻida Juman ham ichini boʻshatib olardi. A. Muxtor, Tugʻilish
Ichini mushuk (yoki it) tatalamoq (yoki tirnamoq)
-
Bu payt Saidgʻozida ham Xoʻjabekovga achingudek hol qolmagandi: ichini mushuk tatalardi. Ammo sirini boy bermadi. S. Anorboyev, Oqsoy
Uy ichi
-
Uy ichingiz omonlik, bir gap boʻlsa, Oʻtar bobom xabar berar ekan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Qancha mehnat, qancha mashaqqat! Yolgʻiz oʻzi emas, butun uy ichi bilan ishlagan, albatta. Oybek, Tanlangan asarlar
ICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar