ishchi
bilan ulashing
1. Mehnat bilan shugʻullanuvchi, oʻz kuchi bilan hayot kechiruvchi shaxs; mehnatchi.
-
Shu yoʻsin ariq qazila boshlandi. Lekin ishchi koʻp, oziq-ovqat yoʻq edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Biz — ishchimiz, mehnatchimiz, Biz ham inson oʻgʻlimiz. Hamza
2. Korxonalarda jismoniy mehnat qiluvchi (ishlovchi) shaxs; moddiy boylik yaratuvchi ijtimoiy guruh vakili.
-
Zavod ishchisi. Qurilish ishchisi. Temir yoʻl ishchisi.
-
Ishga qabul qilishda sinab koʻrish — ishchi yoki xizmatchining unga topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirib koʻrishdir. Gazetadan
-
Eʼzozli oʻquvchim (balki paxtakor, ehtimol, ishchisan, balki ziyoli). A. Sher
ISHCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИШЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ishchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar