ichak
bilan ulashing
1. anat. Turli shakl va hajmdagi ichaklarning umumiy nomi.
-
Ingichka ichak. Yoʻgʻon ichak. Achchiq ichak. Toʻgʻri ichak.
-
Tuproqqa qorishgan kallalar, uzilgan qoʻllar, yerda choʻzilgan olachipor ichaklarni koʻrarkan, uning koʻzlari qinidan chiqayozdi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. so‘zlashuv tili Rezinka yoki brezentdan yasalgan trubka, shlang.
-
Ikki epchil yigit bochkani salqinga olib, rezinka ichak bilan kosalarga pivo quya boshladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Ishchilar uzun rezinka ichakni u yoqdan-bu yoqqa sudrab, chanqab qolgan gullarga, chang oʻtira boshlagan daraxt barglariga suv sepishardi. P. Qodirov, Uch ildiz
ichak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Achchiq ichakday choʻzilmoq
-
Gapni achchiq ichakday choʻzib oʻtirmayman. Gazetadan
-
Loʻlilar brigadasi aʼzolari bilan oʻtkazilgan suhbat oʻsha kuni achchiq ichakdek choʻzilib ketdi. N. Safarov, Loʻlilar
Ichak uzdi
-
Oqshom Abdurahim montyor yana keldi. Bu mahal doʻkonda ustaning ichak uzdi askiyalariga ishqiboz joʻralar bor edi. Gazetadan
-
Avazning eski qadrdoni, asli zotini ham, yoshini ham aniqlab boʻlmaydigan Hasan qaygʻichi xon amaldori haqida ichak uzdi hangomalar aytardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
ICHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЧАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ICHAK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ICHAK so‘ziga berilgan ma’nolar
ichak so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
ichak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing