top
bilan ulashing
1. Yoʻqotgan, umuman, qidirilayotgan (qidiruvda boʻlgan) narsa yoki shaxsni duch keltirmoq, koʻzga ilintirmoq, uchratmoq.
-
Soʻray-soʻray topdim, tezroq qaytay, uka. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Choʻntaklarini algʻoq-dalgʻoq qilib qidirar, topa olmay xijolat boʻlardi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
-
Oʻn botirning hujjatlarini olganda, Ahmetgalining onasiga yubormoqchi boʻlgan surati bilan xatni topdilar. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Oʻzimga oʻxshash oʻqimishli, bopini oʻzim topaman. Mushtum
2. Nogahon koʻzi tushib qoʻlga kiritmoq; topib olmoq.
-
Bu qamchinni kelayotib koʻchadan topdim.
-
Rustamning birinchi xatini adabiyot kitobi orasidan topib olgan kuni allaqanday tuygʻudan boshim aylanib ketgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Qidirish, kuzatish, izlanish natijasida kashf etmoq, ochmoq.
-
Geologlar yangi-yangi yer boyliklarini topmoqda.
-
Foydali qazilmalar konlarini topish iqtisodiy rivojlanish surʼatini jadallashtirishga koʻmaklashadi. Gazetadan
-
Meli polvon xijolat chekdi, lekin kulgiga parvo qilmaganday, dutorga achchiq qilib soʻzladi: — Seni oʻylab topgan Aflotunni koʻp aqlli odam oʻtgan deydilar-u P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Nomaʼlum boʻlgan narsani aniqlamoq, nima ekanini belgilamoq, tayin etmoq.
-
Topishmoqqa toʻgʻri javob topmoq.
-
Burungi zamonlarda Ibn Sino, Luqmon Hakim oʻtgan. Ular har bir kasalga davo topgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dili yaqin odamlar bir-birining koʻnglidagini darrov topadi. F. Musajonov, Himmat
-
Aqlli toʻngakka nozik yerini, yoriladigan yerini topib turib bolta uradi — aqli bilan yoradi M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. Umuman, ish-mehnat, biror sabab va shu kabilar bilan ega boʻlmoq, erishmoq.
-
Botir topsa, barcha yer, Baxil topsa, bosib yer. Maqol
-
Mehnat qilib topganing, Qand-u asal totganing. Maqol
-
Mayli, ishlayver, biroq topganingni ochkoʻz cholning qoʻyniga solaverma. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Bizlar misqollab obroʻ topamiz, oʻgʻillarimiz botmonlab bu obroʻyni toʻkadilar! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Buvam farzand koʻrmay-koʻrmay, qariganlarida topgan yolgʻiz oʻgʻillari dadam ekan [dedi Said]. E. Raimov, Ajab qishloq
6. Baʼzi soʻzlar bilan birikib (baʼzi birikmalar tarkibida), shu soʻzdan angla-shilgan narsaning yuz berishi, yuzaga kelishi maʼnosini bildiradi.
-
Tashkil topmoq. Qaror topmoq. Rivoj topmoq. Kamol topmoq. Baraka topmoq. Lazzat topmoq. Ozor topmoq. Najot topmoq. Dardiga davo topmoq.
-
Tabib qoʻy jigarini xom kabob qilib, bujgʻun sepib yeng degan ekan, bir-ikki qipti, lekin shifo topmabdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Anzirat xolaning bu gapidan keyin u mojaroning eng xunuk oqibati barham topganday yengil tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
7. Bogʻlama vzf. Hisoblamoq, deb bilmoq maʼnosini bildiradi.
-
Maʼqul topmoq. Muvofiq topmoq.
-
Uning soʻzlaridagi qishloqcha soddalik va toʻgʻrilik (bu xususiyatni kambagʻal odamlarda katta fazilat deb topar edi boy) unga juda yoqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
top soʻzi qatnashgan jumlalar:
Topgani yoki topgan gapi, topgan odami, topgan narsasi
-
Ularda [Kumush va onasida] epaqali bir miya, Hasanaliga yoʻl koʻrsatadigan ixtiyor qolmagan, topganlari faqat yigʻi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ikki dunyoda ham oʻgʻlingiz yorilib: Xotin olib ber, demaydi. Topib olgani kitob, ayb oʻzingizda. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ifodasini (yoki aksini) topmoq
-
Shoirning bu vaqtlardagi hayoti, musofirlik, gʻarib-u bekas-lik iztiroblari uning asarlarida oʻz ifodasini topdi. OʻTA
-
Barqaror juft soʻzlar orfografik, qiyosiy, izohli lugʻatlar-da oʻz ifodasini topishi shart. OʻTA
-
Hurufiylarning aqidasicha, koinot abadulabad, ilohiy ibtido odamda oʻz aksini topgan Mirmuhsin, Meʼmor
Koʻnglini topmoq
-
Kishi koʻnglini topish oson hunar emas. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
Fano topmoq
-
Bu kun poytaxt maʼyus turadi: Fano topmish Muhammad Sulton. M. Ali, Gumbazdagi nur
Esini topmoq
-
Yusufbek hoji xotinining soʻzini bu gal ham elamaydir, faqat: — Qoʻya ber, xotin, oʻzi sogʻ boʻlsa, bir kun esini topar, — deb qoʻyadir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Oʻzini qoʻyishga (yoki qoʻyarga, qoʻygani) joy topolmaslik
-
Obidov oʻzini qoʻyarga joy topolmay qoldi. S. Zunnunova, Yangi direktor
TOP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
top so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar