illat
bilan ulashing
1. Tandagi dard, kasallik, xastalik.
-
Dala havosi butun illatni xamirdan qil sugʻurganday tortib oladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Doktorga ham qaratdik, qizim, dori-darmon ham qildik. Illat —suyakda. P. Qodirov, Qadrim
2. Jismoniy yoki ruhiy kamchilik, nuqson, ayb.
-
Qizning oyogʻida bir illati bor.
3. koʻchma. Gunoh, ayb; jinoyat.
-
Boʻynida illati borning oyogʻi qaltiraydi. Maqol
4. koʻchma Narsalardagi nosozlik, buzuqlik; kasal.
-
Hamma illat oʻsha yangi qoʻshilgan zapas qismda ekan. Mushtum
-
Mexanik izlab, idoraga chopmasdan, mashinaning illatini topib, oʻzi tuzatadi. M. Niyozov, Kampir ravot yulduzlari
5. koʻchma Meʼyoriylikni buzuvchi (salbiy) narsa; qusur, kamchilik.
-
Mana, illat qayerda: ayb obu-havoda emas, ayb mehnat intizomining yoʻqligida! Uygʻun, Navbahor
-
Uning hamma yuksak narsalardan illat qidirishi, obroʻsi ortgan har bir hamkasbiga tanqid koʻzi bilan qarashi shundan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Hafsalaning yoʻqligi, sovuqqonlik, oʻziboʻlarchilik qursin. Xuddi shu illatlar tufayli ajoyib bogʻ xarobazorga aylandi. Gazetadan
ILLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
illat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar