ilm
bilan ulashing
1. Oʻqish-oʻrganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; koʻnikma, maʼlumot.
-
Ilm darajasi. Ilm olish huquqi. Ilm dargohi. Shariat ilmi. Dunyoviy ilmlar.
-
Jamolboy aka, dini islomni qoʻldan bermasdan zamon ilmlarini oʻqilsa, zarar qilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Domlamiz bizga bunday ilmlarni oʻqitmaganlar. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Kashfiyotsiz ilm boʻlmaganidek, ilm ham kashfiyotsiz nafas ololmaydi. Saodat
-
Olim ilmi bilan hurmat topur, hofiz xush ovozi bilan odamlarning dilini xush qilur I. Rahim, Chin muhabbat
2. Ish-faoliyatning ilm bilan bogʻliq sohasi; tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar tizimi; fan.
-
Ish va hunar. Ilm va maʼrifat. Ilm va sanʼat.
-
Yangi maktablar ochib, Qurʼoni karim va boshqa darslar bilan birga jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham taʼlim beraylik. Oybek, Tanlangan asarlar.
3. Ish-faoliyatning maʼlum bir sohasiga oid bilim, taʼlimot, malaka.
-
Islim barlos — sodda, dilovar, ov va qush ilmining piri. Oybek, Navoiy
-
Bogʻdorchilik ilmini bilar ekan. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Harb. ilmida hamma yoʻl bekilganda, jangchi uchun oʻlimdan boshqa chora qolmagandagina oʻzini oʻzi halok qiladi, deyiladi. S. Ahmad, Hukm
ilm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ilmi gʻayb (s. t. ilmi gʻoyib)
-
yoʻqsa ilmi gʻaybni kim bilibdur. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
[Xon eshon] dami oʻtkir, har qanday baloni ham daf qila oladigan, ilmi gʻoyibdan xabardor deb ovozasi ketgan. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
ILM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar