ingichka
bilan ulashing
1. Koʻndalang kesimi meʼyordan kichik; zid. yoʻgʻon.
-
Ingichka ip. Ingichka sim. Ingichka tolali paxta. Ingichka tolali jun.
-
Sekretarning choʻziq va sotma yuzi ham, ingichka sariq qoshi ham nam edi. X. Toʻxtaboyev, Shonli avlod
2. Chiyildoq, oʻtkir (tovush haqida).
-
Uning ingichka tovushi menga tanishday tuyuldi.
-
Qiziqchi ingichka, quloqni teshadigan darajada qattiq dodlaganidan hamma kulib yubordi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
3. koʻchma Nozik ifodali, nozik.
-
[Yormat] Qoʻlini allaqanday chuqur, ingichka maʼno bilan boʻshang silkidi. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Bu chuchmal adovat bilan ingichka tabiatli Anvarning ne kayfiyatga tushishini tasavvur qilolmas edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
ingichka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ingichka ichak
INGICHKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИНГИЧКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ingichka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar