ingra
bilan ulashing
1. Ogʻriq-alam taʼsirida mungli, ingroq tovush chiqarmoq.
-
Bir kechasi bemor juda azob tortdi. U har ingraganda, Sotiboldi, chakkasiga burov solingan kishiday, talvasaga tushar edi. A. Qahhor, Bemor
-
Bu dard oʻqtin-oʻqtin yuragida shunday toʻlgʻanardiki, qiz beixtiyor ingrab yuborar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
2. koʻchma Shunday azob-alamli holatda boʻlmoq.
-
Mustamlaka xalqlari imperializm zulmi ostida asrlar boʻyi ingrar edi.
-
Toʻrt oʻgʻlim, xotinim Ivanov otli bir boyning otxonasi yonidagi kichkina, qorongʻi zax uyda ingrab kun kechirardik. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi.
INGRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИНГРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ingra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar